Qunaqbayev Raxmet Isayevich
Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo’jalik, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Telefon: 582-13-10, 582-13-22 (faks)
Pochta indeksi: 210800
Qabul kunlari: Har xaftaning chorshanba kuni
Elektron pochta: r.kunakbaev@nv.uz
Tug'ilgan joyi: 1965 yili Navoiy viloyati, Tomdi tumanida tug’ilgan.
Millati : qozoq
Malumoti : oliy. 1988 – yilda Toshkent avtomobil transporti va yo’llari institutini tugatgan. Mutaxassisligi: muhandis-mexanik.
1982-1983 yy. - Tomdi tumani elektr tarmoqlari korxonasida elektrik
1983-1988 yy. - Toshkent avtomobil transporti va yo’llari instituti talabasi
1988-1991 yy. - Tomdi tumani avtombillar o’qitish kombinatida o’qituvchi
1991-1993 yy. - Tomdi tumani №18 kasb xo’nar bilim yurtida o’qituvchi
1993-2002 yy. - Tomdi avtomobil yo’llari boshqarmasida liniya mexanigi bosh mexanik, ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i
2002-2003 yy. - Tomdi avtomobil yo’llari boshqarmasida reja va ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i
2003-2004 yy. - Tomdi tumani yo’l xo’jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi bosh
muhandisi
2004-2014 yy. - Tomdi tumani yo’l xo’jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish davlat korxonasi
direktori
2014-2016 yy - Tomdi tumani hokimining kapital qurilish, kommunikasiya, kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
2016-2017 yy - Tomdi tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari
2017-2021 yy. - Tomdi tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari
2021 y. - h.v. - Tomdi tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari
Majburiyatlari:
Tumanda kapital qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish majmuiga rahbarlik qiladi. Sohaga dahldor bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari, viloyat va tuman hokimlari qarorlari ijrosini tashkil etadi.
Sanoat ishlab chiqarish sohasida islohotlarini chuqurlashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar borasidagi faoliyatini kengaytirishga, investisiyalar, jumladan xorijiy investisiyalarni jalb etishga imkoniyat yaratadi.
Kapital qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish masalalari samaradorligini oshirish bo’yicha hududiy dasturni tasdiklaydi. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga, iste’mol bozorini sifatli maxsulotlar bilan to’ldirishga va korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlanishiga, o’zaro hisob-kitoblarni muvofiqlashtirilishiga asosiy e’tiborni qaratadi.
Energetika, gaz korxonalari va boshqa berkitilgan tashkilotlarda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishni ta’minlaydi.
Kapital qurilish va kommunal sohasida iktisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, qurilish subyektlari o’rtasida bozor munosobotlarini joriy etish, pudrat, loyixa ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Hududda yer va shaharsozlik davlat kadastrlarini shakllantirish va yuritish bo’yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi
Avtomobil yo’llarini rivojlantirish, avtomobil yo’llaridan foydalanish va ta’mirlash, aholiga transport va aloqa xizmati ko’rsatishni yaxshilash, sohaga bozor munosabatlarini joriy qilish masalalarini muvofiqlashtiradi, yo’l harakati xavfsizligini tashkil etishni ta’minlaydi.
Transport va aloqa sohasida davlat xizmatlarini ko’rsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, transport va kommunikasiya komplekslarida infratuzilmani shakllantiradi, ijro etuvchi hokimiyat tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari tizimlarini joriy etishga ko’mak beradi.
Yo’llar ta’minotiga, transport inshoatlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suvi hamda gaz bilan ta’minlash, shuningdek aholi punktlarini obodonlashtirishni ta’minlash bo’yicha dasturni bajarilishiga yunaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Kapital qurilishda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, loyihalashning zamonaviy uslublarini joriy etish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, pudratchi tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish hamda iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish masalalari bilan shug’ullanadi, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan qurilishlarning borishini nazorat qiladi.
Kommunal sohani isloh qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizasiya qilish ishlariga rahbarlik qiladi.
Ikkilamchi qora va rangli metallarni to’plash hamda topshirish ishlarini tashkil qiladi.
Bolalar sportini rivojlantirish masalalarida sport inshoatlarini qurish, obodonlashtirish, jihozlash ishlari bilan shug’ullanadi.
Tuman markazi va aholi punktlarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Qishloq aholisini toza ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash choralarini ko’radi.
Berkitilgan sohalarda ijro intizomini mustahkamlash va ulardagi ahvolni tanqidiy tahlil qilish, kadrlarni tanlash, tarbiyalash va o’qitish masalalari bilan doimiy shug’ullanadi hamda ularni lavozimlarga tayinlash bo’yicha tuman hokimiga takliflar beradi.
Xalq deputatlarituman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
-tuman issiqlik manbai korxonasi;
-tuman tabiatni muhofaza qilish bo’limi;
-Tomdi elektr tarmoqlari uchastkasi;
-tumandagi barcha qurilish va yo’l qurilishi tashkilotlari;
-Tomdi yo’l xo’jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish davlat korxonasi;
-«Navoiyneftbaza» unitar korxonasi Zarafshon filiali;
-tuman telekommuinkasiya bog’lamasi;
-Tomdi pochta aloqa tarmog’i;
-tuman arxitektura va qurilish bo’limi;
-tuman radio televideniye uzatish markazi;
-tuman transport korxonalari;
-tuman gaz ta’minoti bo’limi;
-tuman «Suvoqava» ishlab chiqarish korxonasi;
-tuman "Obi-hayot” korxonasi
-uy-joy mulkdorlari shirkati;
-seysmologiya stansiyasi;
-gidrometeorologiya byurosi;
-yong’inga qarshi ko’rash jamiyati;
-"Tomdi mashina-traktor parki” MChJ;
-tuman yer resurslari va kadastr xizmati;
-Tomdi o’rmon xo’jaligi;
-tuman davlat texnika nazorati inspeksiyasi;
-tuman hokimligi hisobchisi;
-tuman obodonlashtirish boshqarmasi
-ovul fuqarolar yig’inlari.