Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

PROBASIYA BO‘LINMASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BO‘YICHA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

 

    Joriy yilning  30 noyabr  kuni  Tomdi tuman   ichki ishlar organlari probasiya bo‘linmasi tomonidan 2022 yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokamasiga bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Nuroniylar jamoatchilik kengashi, tuman xotin qizlar  ko‘mitasi, tuman xalq ta’lim bo‘limi, tuman Yoshlar agentligi va boshqada mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor  F.Xayrullayev raisligida bo‘lib o‘tib. Tuman probasiya guruxi katta inspektori kapitan M. Mukimov 2022 yilningM

11 oyi mobaynida bo‘linma tomonidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha  xisobot berdi.

  Bugungi kunda  probasiya bo‘linmasida  tuman bo‘yicha 20 nafar shaxs nazorat ostiga olingan  bo‘lib, shu jumladan :

-axloq tuzatish ishlarida –  3. nafar,

-shartli hukm qilinlar  1 nafar,

-muayyan huquqdan mahrum qilinganlar  3  nafar,

-ozodlikni cheklash. 3  nafar,

-  shartli ravishda  ozod  etilganlar  10  nafarni tashkil etgan.

    Yil davomidi xisobga olinganlar 13  nafarni tashkil  etib,  keng  jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan  profilaktik tadbirlar natijasida nazorat ostidagi  13 nafar  shaxslar hisobdan  chiqarilgan.

Yil davomidi  bajarilgan  ishlarga  asosiy e’tibor, nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga, ularni o‘qishga va ishga joylashtirishga hamda qayta kasbga yo‘naltirishga qaratilgan.

Nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda 7  nafariga ishga yo‘llanmalar berilib  ishga joylashtirilgan.

Nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilib  15 ta huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

Yig‘ilishda  o‘tgan davri mobaynida  amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Tomdi tuman Nuroniy jamoatchilik kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashining deputati  L.Bayanasov, tuman xotin-qizlar  ko‘mitasi yetakchi mutaxassisi N. Karaneyeva , xalq ta’lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari  J. Ayag‘anov  ma’ruzaga chiqib  o‘z fikr muloxazalarini  bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida  tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik

Kengashi raisi:  L.Bayanasov