Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Tuman tarixi

Tomdi tumani 1928 yilda tashkil etilgan bo’lib, shimoliy-sharq tomonidan Qozog’iston Respublikasining Turkiston va Qizilorda viloyatlari, Janubiy-sharqdan Navoiy viloyatining Konimex tumani, g’arbdan Uchquduq tumani bilan chegaradosh hamda shimoliy-markazdan Qozog’iston Respublikasi bilan 237,5 km davlat chegarasi bilan tutashgan.

Tumanning iqlimi tez o’zgaruvchan klimat.

Tumanning umumiy maydoni 4248,5 ming km2 bo’lib, shundan 30,3 ming km2 yaylovlar (71 foiz) va 12,2 ming km2 (29 foiz) qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlar hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlar mavjud emas.

Tumanda doimiy aholi soni 14,9 ming kishi bo’lib, axolining 69,2 foizi qozoklar, 29,4 foizi qoraqalpoqlar, 1,2 foizi o’zbeklar, 0,2 foizini boshka millat vakillari tashkil etadi. Jami aholi tarkibining 51,2 foizini ayollar va 48,8 foizini erkaklar tashkil kiladi.

Tomdi tumani 1928 yilda tashkil etilgan bo’lib, shimoliy-sharq tomonidan Qozog’iston Respublikasining Janubiy Qozog’iston va Qizilorda viloyati, Janubiy-sharqdan Navoiy viloyatining Konimex tumani, g’arbdan Uchquduq tumani bilan chegaradosh hamda shimoliy-markazdan Qozog’iston Respublikasi bilan 237,5 km davlat chegarasi bilan tutashgan.

Tumanning iqlimi tez o’zgaruvchan klimat.

Tumanning umumiy maydoni 4248,5 ming km2 bo’lib, shundan 30,3 ming km2 yaylovlar (71 foiz) va 12,2 ming km2 (29 foiz) qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlar hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlar mavjud emas.

Tumanda doimiy aholi soni 14,9 ming kishi bo’lib, axolining 69,2 foizi qozoklar, 29,4 foizi qoraqalpoqlar, 1,2 foizi o’zbeklar, 0,2 foizini boshqa millat vakillari tashkil etadi. Jami aholi tarkibining 51,2 foizini ayollar va 48,8 foizini erkaklar tashkil kiladi.

7 ta ovul fuqarolar yig’inlari mavjud.

Tuman viloyat umumiy yer maydonining 38 foizi, aholisining 3,0 foizni tashkil etadi.

Tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga 100 o’rinli kasalxona, 7 ta QVP va 19 ta FAP, DSENM, “Salomatlik” markazi xizmat ko’rsatadi.

1926 yili tuman markazi Tomdida 180 o’rinli maktab-internati ochilgan.

1927 yili tumandagi birinchi tibbiy punkt ish boshlagan.

1928 yili 15 noyabrda tuman birinchi partiya konferensiyasi tashkil etilib, tuman partiya komiteti birinchi sekretari etib Tumenov Usen saylangan.

1928 yili Xalq tinchligini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tumanda Ichki ishlar bo’limi ochilgan hamda uning birinchi rahbari etib Bazar Jusipov tayinlangan.

1932 yili birinchi «Tomdi» sovxozi tashkil etildi (Hozirgi «Tomdi» shirkat xo’jaligi). Shundan keyin «Yangichorva» kolxozi uyushtirilgan.

1932 yili tumandagi birinchi bolalar bog’chasi «Tomdi» sovxozida 29 o’ringa mo’ljallab qurilgan.

1933 yili «Tomdi» sovxozinda kutubxona, qishloq klubi faoliyati boshlangan.

1933 yili tumanda 37 ta kolxoz, 1 ta sovxoz bo’lib, ularda 9600 echki, 20500 qo’y, 4638 tuya, 443 ot bo’lgan.

1935 yili tumannda MTS (Mashina traktor stansiyasi) tashkillashtirildi. Unda 3 avtomashina va 4 traktor bo’lgan.

1936 yili «Tomdi» sovxozida «Shopandar үnі» (Cho’ponlar ovozi) gazetasi chiqarila boshlangan.

1936 yili tumanda FHDYo varaqalari keltirilib, ovul kengashlariga tarqatilib berilgan. 1940 yili tumanda FHDYo bo’limi tashkil qilingan.

1938 yili tumanda «Sosialistіk sharua» (Sosialistlik chorva) gazetasi chiqarila boshlangan.

1938 yil Tomdi tumanida pochta aloqa tashkiloti tashkil qilingan.

1939, 1941, 1949 yillari «Keriz», «Ayaqquduq», «Qulquduq» ovullarida tibiy punktlar tashkil etilgan.

1940 yili Xalq ta’limi bo’limi tashkil etilgan.

1941 yili Ikkinchi jahon urushiga tumandan 1941-1944 yillarda 2068 er kishilar qatnashgan. Ulardan 567 nafari qazo qilgan, 409 nafari daraksiz ketgan.

1943-1982 yillarda Buxoro viloyatiga qarashli bo’lgan.

1945 yili «Andreyev» nomidagi kolxoz «Janasharua» hayotidan «V peskax Kыzыlkuma» nomli hujjatli film tushirilgan.

1957 yili uzoq mol yaylovlarida «Aqbaytal», «Taspen», «Moldiman», «Dalaquduq», «Tasquduq» mol fermalari uyushtirilgan.

1958 yili tuman territoriyasida konchilar shahri Uchquduq tumani tashkil etilgan.

1960 yili tuman territoriyasida Navoiy-Uchquduq temiryo’li qurilgan.

1978 yili tumanning tashkil etilganligining 50 yiligi munosabati bilan to’y o’tkazilgan. «Tomdi 50 yil» ko’krak belgisi, kosa-choynak chiqarilgan.

1981 yili Konimex tumanining «Kalinin» (hozirgi «Birlik» shirkat xo’jaligi) sovxozi Tomdi tumani tarkibiga qo’shilgan.

1982 yili Tomdi tumani yangidan tashkil etilgan Navoiy viloyati tarkibiga kiritilgan. Tumanning 5 ta sovxozi yangidan tashkil topgan Uchquduq tumaniga kiritilgan.

1983 yili tuman markazida kasbiy-texnik uchiliщye ochilgan.

1984 yili Amudaryo suvi quvur orqali «Janasharua» sovxozigacha keltirilgan.

1986 yili tumanning «Janasharua», «Kerizbuloq», «Birlik» sovxozlari bilan telefon aloqasi o’rnatilgan.

Tomdi-Qinir asfalt yo’li foydalanishga topshirilgan.

1988 yili tuman Samarqand viloyati va 1989 yili tuman Buxoro viloyati tirkibiga qushilgan.

1992 yili tuman qayta tashkil etilgan Navoiy viloyatiga o’tkazilgan.

«Sosialistіk sharua» (sosialistlik chorva) gazetasi «Tamdы sharuagerі» (Tomdi chorvadori) deb o’zgartirilgan.

1993 yili Yangi Tomdi markazida birinchi turar-joylar aholiga berila boshlagan.

1994 yili hamyurtimiz Sovetbek Qojaxmetov fan doktori, professor nomini olgan.

1995 yili 1-sonli maktab o’qituvchisi A.Yesbolayevga «O’zbekiston Respublikasining xalq o’qituvchisi», 1-toifali xirurg T.Suleymenovga «O’zbekiston Respublikasiga mehnat qilgan sog’liqni saqlash xodimi» unvoni berilgan.

1996 yili Yangi Tomdi markazida 2 qabatli bolalar bog’chasi ishga tushurilgan.

1997 yili «Keriz» ovulida qishloq uchastka shifoxonasi tashkil etilgan.

2000 yil Yangi Tomdi markazida tuman Davlat sanitariya-epidemologiya nazorat markazi binosi foydalanishga topshirilgan.

2000 yili Agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosi foydalanishga topshirilgan.

2000 yili BMTning O’zbekistondagi vakilligida o’tkazilgan konkursda Tomdilik jurnalist Polatbek Janbayev maqolasi faxrli uchinchi o’rin bilan taqdirlangan. Unga BMTning Maqtov Diplom topshirilgan.

2004 yili Yangi Tomdi markazida «Motamsaro» haykali o’rnatilgan.

2007 yili tuman Agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji o’quvchisi Muldir Rustemova «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.

2008 yili Tomdi tumani markazida «Yusell» uyali aloqa kompaniyasi baza stansiyasi ishga tushirilgan.

2010 yil Tomdi tumani «Ayaqquduq», «Birlik», «Keregetau», «Kerizbuloq», «Janasharua» shirkat xo’jaliklari markazida «O’zmobayl» uyali aloqa kompaniyasi baza stansiyasi ishga tushirilgan.

2010 yili Yangi Tomdi markazida yangi Tibbiyot biralmshasi va ko’p tarmoqli poliklinika foydalanishga topshirilgan.

2012 yili tuman hokimligi va Madaniyat va sport ishlari bo’limi binolari ishga tushirilgan.

2013 yili «Kerizbuloq» shirkat xo’jaligi markazida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktab yonidan «Sport zal» binosi ishga tushirilgan. 

2014 yili 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda tumandagi 7 ta ovul fuqarolar yig’ini tarkibida 7 ta shirkat xo’jaliklari bo’lib, 32 ta aholi punktlarida 16 ta maktab, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, Yangi Tomdi markazida 1 ta Agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji, Tibbiyot birlashmasi, 80 o’ringa mo’ljallangan ko’p tarmoqli poliklinika, 7 ta qishloq vrachlik punktlari, 26 felsherlik akusherlik punktlari tuman aholisiga xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Qorakul terisi, go’sht, jun, sut mahsulotlari bilan shug’ullanadigan tumanimiz katta yutuqlarga erishmoqda. O’zining ko’lamli mehnatlari bilan tumanning rivojlanishiga katta xissa qo’shgan insonlardan biri – Jabay Balimanov. U ikki marta Sosialistlik Mehnat faxriysi unvonini olib, xalq akademigi degan yuqori unvonga ega bo’lgan. Baytileu Aytbanov, Turdibek Bayishov, Shektibay Sarsenbayev, Qalimbek Kostemirov, Qalabay Abdiramanov, Alimqul Nisanbayev, Idiris Dauletovlar Sosialislik Mehnat Qahramoni unvonini nomini olgan.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillik olgandan keyin tumanimizdagi faxriy cho’pon «Birlik» shirkat xo’jaligining bosh cho’poni Serikbay Sag’atov «O’zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

Xalq xo’jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan tuman fuvarolarining 40 nafari O’zbekiston Respublikasining orden-medallari bilan mukofatlangan, ular ichida o’qituvchi, injener, mol chorvachiligi mutaxassislari, tibiyot xodimlari bor.

«Motamsaro» haykali va 1941-1945 yillarda Vatan urushida qazo bo’lganlar hurmatiga qulftosh quyilgan.

Yangi Tomdi markazida 12 gektar yerga meva bog’i ekilgan.

Tomdi nomi, xalq og’zaki tushunchalariga ko’ra, bu yerda eng birinchi tom uy solinganlikdan «Tomdi», ya’ni tomli, uy bor deb atalgan. Yana bir rivoyatda aytilishicha, Tomdi yeridan buloq chiqib «Tomdibuloq» atalgan deyiladi.

Tomdi tumani markazida tarixi «Qo’rg’ontepa», «Qizil ungir», janubidagi Oqtov, shimolida Qizilqum qumlari nomi ko’pchilikga tanish tarixiy joylar.

Tomdi xalqining iftixorlari Bazar jirau, Berdali toqa, buyuk shoir Umirzaq Qojamuratov, Qaypnazar Shotbasovlar bo’lib, bugunda U.Qojamuratov, Q.Shotbasovning nomlari butkul O’zbekiston, Qozog’istonga tanilgan, ularning kitoplari xalqimiz sevib o’qidigan asarlarga aylangan.

Turli vaqtlarda tuman rahbari bo’lib S.Pirmanov 1961-1976 yillarda, A.Isayev 1976-1982 yillarda, A.Yelemesov 1982-1986 yillarda, M.Suleymenov 1986-1995 yillarda, A.Nazarov 1995-2009 yillarda ishlagan. 2009 yildan buyon tuman hokimi lavozimida O’zbekiston Respublikasi Senati a’zosi Q.T.Aldabergenov ishlab kelmoqda.

Tomdi tumanida to’g’ilib o’sgan, bugungi kunda tibbiyot fanlari kandidati J.Orazaliyev, tibbiyot fanlari doktori, professor Paraxat Menlikulov, tuman xotin-qizlaridan chiqqan birinchi olim, tibbiyot fanlari kandidati Amina Ospanova, geolog-dosent Tolegen Karjauov, biologiya fanlari kandidati, genetik, professor Igilik Jaziqov singari insonlar tuman faxri.

Sobiq Sovet ittifoqi Bauirjan Momishuli, kompozitor Shamshi Qaldayaqov, shoirlar Qadir Mirzaliyev, Sirbay Maulenov, Jarasxan Abdrashev, yozuvchi olim Akseleu Seydimbekov, aktyorlar Kuman Tastanbekov, Sabira Mayxanova, demograf-olim Makash Tatimov, yozuvchilar Sauirbek Baqbergenov, Asqar Toqpanov, Bek Tog’isbayev singari qozoq xalqining taniqli shaxslari tumanda faxriy mehmon bo’lgan.

Hozirda tumanda yashab kelayotgan xalqning 19 foizi 18 yoshgacha yoshlar.

Tumanda 16 ta umumiy o’rta ta’lim maktablarida 1287 o’quvchi qozoq tilida ta’lim-tarbiya olmoqda.

Tumanda «Tamdы sharuagerі» gazetasi tuman aholisiga samarali xizmat qilib kelmoqda.

Tumandan ikki nafar kishi Makka shahriga xaj safariga borib kelgan.

Abdisamatov Mirzaxmet Abenuli 1957 yili 6 avgustdag tug’ilgan. 2000 yili xaj safarida bo’lgan. Tileubayev Axatbek Seytmuratovich 1958 yili 1 iyunda to’g’ilgan. 2006 yili noyabr oyida xaj safarida bo’lgan.