Umarov Orzumurod Fayzullayevich
Telefon: 582-13-17
Pochta indeksi: 210800
Qabul kunlari: Har xaftaning juma kuni
Tug'ilgan joyi: 1976 Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug’ilgan
Millati: O’zbek
Malumoti : oliy. 2007 – yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: qurilish korxonalar menejmenti
MEHNAT FAOLIYaTI
1992-1995 yy. - Navoiy viloyati Nurota tumani Matlubot jamiyati hisobchisi, mol saralovchisi, taftishchisi
1995-2010 yy. - Navoiy viloyati Nurota tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo’limi boshlig’i
2010-2013 yy. - Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo’limi boshlig’i
2013-2015 yy. - Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i
2015-2017 yy. - Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarning soliq ma’muriyatchiligi bo’limi boshlig’i
2017-2018 yy. - Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi
bo’limi boshlig’i
2018-2020 yy. - Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i
2020-2021 yy. - Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i
2022 -2022 yy. - Karmana tumani “Ko’hna Qo’rg’on” mahalla fuqarolar yig’ini tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va qambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchisi
2022 -2024 yy.- Tomdi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i
2024 y. - h. v. - Tomdi tumani hokimi v.b
MAJBURIYATLARI:
Tuman hokimi tumanda oliy mansabdor shaxs bo’lib, ayni bir vaqtda hududda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.
O’z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi.
Tuman hokimi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to’grisida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi qarorlari bilan belgilangan vakolatlar doirasida ijroiya hokimiyati faoliyatini tashkil etadi.
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi qarorlari va xalq deputatlari viloyat Kengashi qabul qilgan hujjatlar ijrosini, davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini, tumanni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
Tumanda qonuniylikni, jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog’liq chora-tadbirlarni ko’radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulotda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi. Mudofaa, safarbarlik, favqulotda vaziyatlar hamda huquq-tartibot organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bilan shug’ullanadi. Kadrlar siyosatini amalga oshiradi.
Tumanda milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini oshirish bilan bog’liq ishlarni tashkil etishga bevosita rahbarlik qiladi.
Quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko’rib chiqilishini muvofiqlashtiradi:
- tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi;
- tuman hokimligi ish yuritish bo’limi;
- voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha tuman komissiyasi mas’ul kotibi;
- tuman hokimligi huquqshunosi;
- tuman sudi;
- tuman ichki ishlar bo’limi;
- tuman mudofaa ishlari bo’limi;
- tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limi;
- tuman veterinariya bo’limi;
- tuman veterinariya laboratoriyasi;
- tuman fermer va dehqon xo’jaliklari (uyushmasi;)