Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Biz birgalikda kuchli jamoamiz

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston maxsus Olimpiadasi Navoiy viloyati bo‘linmasi rahbari S.Narziyeva va tuman hokimi o‘rinbori oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetovalar tomonidan bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkiletildi. 

Unda  tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj,  nogironligi bor kam ta’minlangan bolalarga dasturxon yozib rahbarlar va homiylarning bayram sovg‘alari topshirildi.

“Biz birgalikda kuchli jamoamiz” mavzusidagi bayram tadbirida tumandagi madaniyat uylarining badiiy jamoalari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.