Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

JAMOA KELISHUVI MUHOKAMASI

Tomdi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Tomdi tuman bo‘linmasi kengashi o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa kelishuvining 2023 yildagi ijrosi yuzasidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Tomdi tuman bo‘linmasi kengashining hisobotlari yig'ilish o'tkazildi

Tomdi tuman Adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markaz boshlig'i I.Abdullayev tomonida ta’lim muassasalarida ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish bo‘yicha ish beruvchilarga tavsiyalari hamda ishchi-xodimlarga ta’tillarni berilishi tartibi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi. Jumladan, yangi tahriridagi mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi 21 kalendar kunni tashkil etishi, bundan tashqari jamoa shartnomasi va kelishuvlari, shuningdek, ichki hujjatlar va mehnat shartnomasi bilan ko‘paytirilgan muddatlar belgilanishi mumkin ekanligi, mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan yoki bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga qo‘shimcha ta’tillar berilishi, xususan, bir tashkilotda ishlagan har 5 yil uchun xodim ta’tiliga 2 kalendar kun qo‘shilishi, ammo qo‘shiladigan kunlar soni 8 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emasligi alohida ta’kidlandi. Yubiley sanalari munosabati xodimlarga 70 yoshni kiritish taklifini ilgari surdi. Xodimlarning har oy avans berilishida kechi

Yig‘ilishda asosiy ma’ruzalar va so‘zga chiqqan majlis qatnashchilarining fikr-mulohazalaridan kelib chiqib tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig'ilish savol-javob va bahs-munozara tariqasida o'tkazildi.

 

Iliyas Abdullayev

Tomdi tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markaz boshlig'i