Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Tomdi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh.Bobomurodovning Pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga murojaatnomasi


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "AHOLIGA SANATORIYLARDA DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMALAR BERISH SOHASIGA AXBOROT-TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH TO‘GʻRISIDA"gi 693-sonli qarori ijrosi bo‘yicha

      Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
      Respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
      Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
      Yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
      I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
      O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar; 
      Yoshga doir pensiya oluvchi shaxslarga sanatoriyalarga ariza qabul qilish hamda yo‘llanma bilan ta’minlash 2022-yil 1-oktabrdan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali amalga oshirilib kelinmoqda.
     O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi sanatoriyalarga bepul sihatgoh yo‘llanmalari elektron navbat asosida ajratiladi.
     Sizlardan sihatgohlarda dam olish istagida bo’lgan yuqoridagi imtiyozlarga ega bo’lgan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishni tavsiya etaman.

Ma'lumot uchun: (79)-582-12-95