Tomdi tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markaz boshlig'i Iliyas Abdullayev va O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan reja grafik asosida joriy yilning 20-fevral kuni o'quv seminari o'tkazildi.
O'quv seminarida boshlang'ich kasaba uyushmalari yetakchilarini jamoa shartnomalariga kiritilgan yangi tavsiyalar bilan va mehnat qonunchiligi talablarining bajarilishi bo'yicha tushuntirish ishlari hamda "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoʻshma qarorning mazmun mohiyati va mazkur qaror bilan belgilangan vazifalari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.