Янгиликлар –
“Kamalak” bolalar tashkilotining VI Rayosat yig‘ilishiTomdi tumanida “Kamalak” bolalar tashkilotining VI Rayosat yig‘ilishi o'tkazildi.
Ushbu Yig‘ilishda hamkor tashkilot vakillari yoshlar yetakchilari, sardorlar, faol yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan Tomdi tumanida amalga oshirilgan ishlarning yillik hisoboti tinglandi hamda tashkilotning yangi tahrirdagi nizomi, Umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sardorlar Kengashi a’zolarining saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi nizomi muhokama etildi va tuman "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi saylandi.
Yig‘ilish yakunida bir guruh faol yoshlar yetakchilari viloyat Kengashi raisining tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi. |
Муаллиф info 6-11-2020, 16:05