Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

"Mehr ulashib" aksiyasi

1992 yilda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasi qaroriga binoan 3 dekabr –Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan. Ushbu sana butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad jamiyatda nogironlar duch kelayotgan muammolarni yaxshiroq tushunish, ularni bartaraf etish, qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Bugun Tomdi tuman Kengashining 2022 yil ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha muljallangan "Yo‘l xaritasi"ning 57-bandi "Mehr ulashib" aksiyasini tashkil etish maqsadida tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari M.Samatov ushbu sana oldidan "Tomdibuloq"OFY Yangi Tomdi qo‘rg‘onida yashovchi 2-guruh nogironi Q.Baymenovaning xonadoniga tashrif buyurib, xolidan xabar oldi.