Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Tomdi tumani hududida faoliyat olib borayotgan “AN SHUN MAX CONSTRUCTIONS ZARAFSHAN” qo‘shma korxonasi hududida sodir etilgan bosqinchilik

Joriy yilning 27 noyabr kuni soat 23:00 larda, Zarafshon shaxri Yangi Zarafshon MFYda yashovchi fuqaro K.A o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Ural” rusumli kajavali motosiklda, yuziga qora rangli niqob (maska) kiygan holda Tomdi tumani hududida faoliyat olib borayotgan “AN SHUN MAX CONSTRUCTIONS ZARAFSHAN” qo‘shma korxonasining marmar koni qorovulxonasiga bostirib kirib, korxona qorovuli O‘.Rni yuz qismiga urib, uning qo‘llarini bog‘lab, korxonaning omborxonasi xisoblangan hamda qulflab qo‘yilgan temir konteynerning qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy kirib, konteyner ichidan 35 dm.li umumiy uzanligi 50 metr bo‘lgan mis kabellarini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.X.Adxamov, viloyat IIB JQB boshlig‘i Z.Gʻ.Qodirov, tuman prokurori D.N.Fayziyev, tuman IIB boshlig‘i R.E.Ro‘ziyev, Tomdi tuman IIB TTG xodimlari va Zarafshon shaxar IIB TTG xodimlari chiqgan.
Voqea joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, bir dona kesilgan xoldagi erkaklar sharfi, ikki dona temir qulflar olingan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilnin 29 noyabr kuni Tomdi tumani IIB huzuridagi TG tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan 122441/2022-25 sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro K.Aga advokat ishtirokida himoyaga bo‘lgan huquqlari videotasvirga olingan holda tushuntirilib, jinoyat ishida gumon qilinuvchi sifatida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.