Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

“TOMDIBULOQ” OVUL FUQAROLAR YIGʻININING YANGI MA’MURIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


    Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qiliganligining o‘ttiz yilligi bayrami arafasida Tomdibuloq OFYning yag‘ni binosining ochilish marosim bo‘lib o‘tdi.
Xususan, tumanimizning Tomdibuloq ovul fukarolar yig‘inida noyabr oyida biri-biridan go‘zal maktab binolari foydalanishga topshirilsa, mana bugun Konstitusiya kuni arafasida foydalanishga topshirgan Tomdibuloq OFYning yag‘ni binosi tuman aholisiga chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Ochilish marosimida qayd etilganidek, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asl maqsadi mamlakatni ertangi kundagi rivojlanishining muhim bosqichi, avvalo, mahalla institutining faoliyatini yanada takomillashtirish va nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan.
Bugungi qulayliklar esa mahallamizda raisdan tortib, xotin-qizlar faoligacha - “beshlik xodimlar”ga Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan “Mahalla raisi - islohotchi” tamoyili asosida ish olib borishga, jinoyatchilik va ajrimga yo‘l qo‘ymaslik, aholini ish bilan ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirishga, mahallada milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga undaydi.
Tomdibuloq ovul fukarolar yig‘inining zamonaviy binosining ochilishida Tomdi tuman hokimi Q.Aldabergenov so‘zga chiqib yangi barchani samimiy tabrikladi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator Z.Tulekova, sektor rahbarlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari hamda tuman faollari shuningdek tuman aholisi ishtirok etdi.
Ochilish marosimiga tashrif buyurgan yoshi ulug‘ keksalardan otaxon T.Sansizbayev va onaxon B.Iskaqova yangi binoda yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, yurtimiz rahbariyatini duo qildilar va keksalarga dasturxon yozib osh berdi.

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining deputati:
L.Bayanasov