Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

5 nafar yoshga id-kartalari topshirildi

Mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantirish, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat ko‘rsatishda shaxsni identifikasiyalashning yagona mexanizmini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida identifikasiya id-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6065-sonli Farmoni qabul qilingan bo‘lib, Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Tomdi tumani IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan bir qator targ‘ibot va tashriqot ishlari amalga oshirildi va 2021 yil 1 yanvardan boshlab tumanda aholiga identifikasiya id-kartalari rasmiylashtirish xizmati joriy etildi. Xususan o‘tgan ikki yil davomida tumanning 965 nafar fuqarolariga identifikasiya id-kartalari rasmiylashtirilgan bo‘lsa, shulardan 289 nafari birinchi marotaba 16 yoshga to‘lganligi munosabati bilan identifikasiya id-kartalariga ega bo‘ldilar.

Joriy yilning 6 dekabr kuni tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ana shunday yoshlarimizning yana 5 nafariga identifikasiya id-kartalari tuman xokimi Q.T.Aldabergenov va sektr rahbarlari tomonidan tantanali ravishda estalik sovg‘alari va badiiy kitoblar bilan birgalikda topshirildi. Tomdi tumani IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tumanda istiqomat qilayotgan fuqarolarni identifikasiya id-kartalari olishga chorlaydi. Identifikasiya id-kartalari rasmiylashtirish uchun ortiq xujjatlar talab etilmaydi. Faqatgina pasportingizni taqdim etsangiz kifoya.

Tomdi tumani IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi mutaxassisi Sh.K.Samiyev