Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Аbay Kunanbayevning hayoti va faoliyatiga bagʼishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekistonda Qozoq xalqining atoqli namoyandasi Аbay Kunanbayevning meros haftaligini joriy yil 5-10 dekabr kunlari yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 272-sonli yigʼilish bayoni boʼyicha Xalq taʼlimi vazirligining Chora - tadbirlar rejasi asosida umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida taniqli oʼzbek va qozoq yozuvchi-shoirlari, olimlar ishtirokida Аbay hayoti va faoliyatiga bagʼishlangan ijodiy kechalar tashkil etilmoqda .
Bugun Tomdi tumani Madaniyat bo'limida Qozoq xalqining atoqli namoyandasi Аbay Kunanbayevning hayoti va faoliyatiga bagʼishlangan tuman umumta'lim maktab o'quvchilari ishtirokida madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Q.Aldabergenov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov xam qatnashib o‘quvchilarning madaniy-ma'rifiy tadbirni tomosha qildi.