Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TOMDI TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMINING NAVBATDAGI 2022-YIL YAKUNIGA BAG'ISHLANGAN KENGASH YIGʻILISHI O'TKAZILDI

   Bugun, 9 dekabr kuni tuman markazidagi 1-IDUMda Tomdi tuman xalq ta’limi bo‘limining navbatdagi 2022-yil yakuniga bag'ishlangan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri M.Bazarbayev kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirib o‘tdi. Kengash yig‘ilishiga bo‘lim xodimlari, maktab rahbarlari, o‘rinbosarlari va kadrlar menedjerlari qatnashdilar.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, maktab rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi.
Yig'ilish oхirida Olimpiadaning viloyat bosqichidan faxrli o'rin olgan o'quvchilarning fan o'qituvchilari 10-sonli maktabning o'zbek tili va adabiyoti fani o'qituvchisi S.Toshtemirov, 13-sonli maktabning qozoq tili va adabiyoti fani o'qituvchisi A.Bekmuratova va 17-sonli maktabning qozoq tili va adabiyoti fani o'qituvchisi T. Madeshovlarni Tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.