Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

MEHR-MURUVVAT OYLIGI” DOIRASIDA

    Ma’lumki, mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy xislatlar joy olgani hech kimga sir emas.
“Mehr-muruvvat oyligi” doirasida “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi tashabbusi bilan ham bir qancha tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. “Mehr-muruvvat oyligi” va O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining o‘tiz yillik bayrami arafasida bu kabi xayrli tadbirlarni tashkillashirish o‘z navbatida savobli ishlarning bir ko‘rinishi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Nuroniy” jamg‘armasi Navoiy viloyat bo‘limi tashabbusi bilan tumanimizdagi Suketti OFY-da yashovchi keksa onaxon Q.Madenovaning plastik kartasiga 1014 ming va Keregetau OFY-da yashovchi keksa otaxon K.Jurayevning plastik kartasiga 1 mln sum moddiy yordam puli berildi.
Hech kimga sir emaski, har yili ushbu ulug‘ ayyom arafasida shu kabi xayrli targ‘ibot tadbirlarini uyushtirish an’anaga aylangan.
Qariyalar holidan xabar olish, ularni e’zozlash va hurmat qilish har bir fuqaroning burchiga aylanmog‘i lozim.

Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi
L.Bayanasov