Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TOMDI TUMANIDA "YONGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

     Ma’lumki, kuz-qish mavsumida fuqarolarning elektr va gaz qurilmalaridan foydalanishga bo‘lgan talabi ortib boradi. Bu esa o‘z navbatida barchamizdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, is gazidan zaharlarishlar hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi ko‘ngilsiz xolatlarni oldini olish maqsadida fuqarolarga tushuntirish ishlarini muntazam ravishda amalga oshirishni talab etadi.
Shu munosabat bilan, Tomdi tumani FVB hamda hamkor tashkilotlar xodimlari tomonidan xududdagi korxona va tashkilotlarda ishchi xodimlar bilan keng qamrovli profilaktik suhbatlar olib borilmokda.
FVB NTB boshlig‘i kapitan J.J.Bozorov tomonidan yig‘ilganlarga is gazidan zaxarlanish, gaz xavo aralashmasi chaqnashi natijasida sodir bulishi mumkin bulgan yong‘inlar, ularning salbiy oqibatlari tug‘risida tushuntirish ishlari olib bordi. Targ‘ibot tadbirlari tumanida davom etmoqda.