Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

UCH AVLOD UCHRASHUVI

   Kecha 26 dekabr kuni tumandagi 12-sonli musiqa va sa’nat maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirga ovul fukarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi.
Uchrashuvda tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Juzgenov, tuman Yoshlar Agentligi boshlig‘i A.Jumamuratov, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M.Samatov ishtirok etdi.
Tadbirni Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi L.Bayanasov kirish so‘zi bilan ochib, yaqinlashib kelayotgan 2023yangi yil bayrami bilan barchani qutlab, ushbu tadbirning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati xaqida to‘xtaldilar.
Yoshi ulug‘ otaxonlap tuman faxriylari Kengashi a’zolari J.Jusipov, N.Qarayev, X.Ismag‘ulov va faxriylar uzlarining hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat bugungi kunda nuroniylik paytida faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, mustaqillik bergan imkoniyatlar, yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik xususida o‘zlarining dil so‘zlarini bildirdilar.
O‘zaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani ta’kidlandi. Faxriylarning boy hayotiy tajribalari,
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot sari dadil odimlari samimiy suhbatlar, muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.
Uchrashuvdan sung nuroniy otaxonlarimiz esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi:-
L.Bayanasov