Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI QIRQ BESHINCHI SESSIYASI

 Bugun, 27-dekabr kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi qirq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Q.Aldabergenov boshqarib bordi.
Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Birinchi masala. Tumanda 2022 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va 2023 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida.
Hisobot beruvchilar: K.Aldabergenov -Tomdi tuman hokimi

Ikkinchi masala. Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 217-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.
Hisobot beruvchilar: K.Aldabergenov, D.Fayziyev, R.Ro‘ziyev, Sh.Berdiyev-tuman sektor rahbarlari (Tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i).

Uchinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2022 yil 3 oktyabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan” 01-10/36-sonli axborotnomasi to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: T.Medetov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyat Tomdi tumani Xalq qabul xonasi mudiri.

Turtinchi masala. Tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish, shuningdek jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.Hisobot beruvchi: R.Ro‘ziyev – Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.

Beshinchi masala. Tumanda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturining joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: O.Umarov-tuman hokimining birinchi o‘rinbosari

Oltinchi masala. Hududda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: A.Namozov - Tuman hokimi o‘rinbosari, investisiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i

Yettinchi masala Tomdi tumani mahalliy byudjetining 2022 yildagi ijrosi hamda 2023 yilga tuman mahalliy byudjetni tasdiqlash to‘risida.
Hisobot beruvchi: K.Igilikov– tuman moliya bo‘limi boshlig‘i.

Sakkizinchi masala Tomdi tumanida qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarini belgilash to‘g‘isida.
Hisobot beruvchi: Sh.Berdiyev– tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

Tuqqizinchi masala. Tuman ATB Agrobank tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ajratilayotgan kreditlarning monitoringi to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: Sh.Ne’matov– ATB Agrobank tuman filiali boshqaruvchisi.

Uninchi masala. Fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi: A.Juzgenov– tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i.

Un birinchi masala. Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Un ikkinchi masala. Tomdi tumani hokimining 2022 yil 1 dekabrdagi “Tuman mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi 196-5-75-F/22-sonli farmoyishini tasdiqlash to‘g‘risida.

Boshqa masalalar.