Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TOMDI TUMANI HOKIMI QAYRAT TUTQABAYEVICH ALDABERGENOVNING VATAN HIMOYACHILAR KUNI MUNOSABATI BILAN YO‘LLAGAN BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum hurmatli harbiylar!

Qurolli Kuchlarimiz faxriylari

Muhtaram tumandoshlar!

     Avvalo, Sizlarning barchangizni O‘zbekistonimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 31 yilligi bayrami bilan  tabriklayman!

Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

Ta’kidlash joizki, milliy armiyamizning kuch-qudrati azmu shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bag‘rikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir. Bu haqiqatni bugungi kunda har qachongidan ham chuqur his etmoqdamiz.

Dunyoda sharafli kasblar ko‘p, ular orasida eng sharaflisi o‘z ona Vatani va xalqining tinchligi uchun xizmat qilishdir.

Bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan milliy armiyamizni barpo etish va isloh qilish bo‘yicha har tomonlama chuqur o‘ylangan va uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya ishlab chiqilgan.

O‘tgan yillar davomida ana shu strategiya asosida, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi doirasida ko‘p ishlar qilindi. Shu asosda ixcham, yaxshi ta’minlangan, yuksak jangovar ruhga ega bo‘lgan milliy armiyamiz barpo etildi.

Muddatli harbiy xizmatni bir yil etib belgilanganligi, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatining joriy etilganligi, chaqiruvning bir yilda bir marta tashkil qilinganligi armiyamizning jangovar tayyorgarligini keskin oshishiga olib keldi.          

Ofiserlar va serjant kadrlarni tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizimi yaratildi.

Xususan, harbiy xizmatni o‘zining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb bilgan o‘g‘lonlarimizni sharaflash, ularga ehtirom ko‘rsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Har yili Vatan himoyachilari bayrami kuni arafasida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan bir qator harbiy xizmatlari uchun davlat mukofotlari bilan munosib taqdirlanib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, "Barchamiz bir fikrni yaxshi anglab olishimiz kerak: el-yurtimizning tinchligini ta’minlash maqsadida bugun mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning qanchalik samara berishi armiya va xalqning birdamligiga bog‘liq".

 Mana shu qutlug‘ kunda Sizlarni bugungi bayram bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, ishlaringizda o‘lkan muvaffaqiyatlar tilayman. Chegaralarimiz daxlsiz, osmonimiz musaffo bo‘lsin.