Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri

Bugun, tuman Madaniyat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman hokimi Q.Aldabergenov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini, harbiylarni va ularning oila a’zolarini hamda butun tumanimiz ahlini bayram bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi, 12-son bolalar musiqa va san’at maktabi xodimlari tomonidan konsert dasturlari hamda tuman umumta’lim maktab o‘quvchilari, tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.