Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Tomdi tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining 2022-yil davomida olib borilgan ishlar SARXISOBI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da Davlat dasturining tegishli bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasining Farmoni va Qarorlari  ijrosini ta’minlash maqsadida, Tomdi tuman tibbiy-yijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limida amalga oshiriladigan chora-tadbirlariga asosan tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limida 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisobi bo‘yicha; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi 2021-yil 1-iyuldagi 411-sonli qarori bo‘yicha sertifikat asosida viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida 58 nafar fuqaroga 3 mln. 190 ming so‘mlik hassa tayoq, 1 nafar fuqaroga 58 ming so‘mlik ko‘zi ojizlar hassasi, 30 nafar fuqaroga 41 mln. 400 ming so‘mlik eshitish moslamasi, 7 nafar fuqaroga 10 mln. 010 ming so‘mlik nogironlar aravachasi, 1 nafar 18 yoshdan kichik nogironligi bor bolaga 1 mln. 350 ming so‘mlik bolalar uchun nogironlar aravachasi, 5 nafar fuqaroga 450 ming so‘mlik qo‘ltiq tayoq, 2 nafar fuqaroga 220 ming so‘mlik tirsakli qo‘ltiqtayok, 2 nafar fuqaroga 1 mln so‘mlik yurish moslamasi jami 106 nafar yoshga doir va nogironligi bo‘lgan muhtoj fuqarolar 57 mln. 678 ming so‘mlik reabilitatsiya qilishning texnik vositalari olishda sertifikat bilan ta’minlandi.

            O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015-yil                        10-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 237-sonli qarori asosan, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshka toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni yolg‘iz keksa va yolg‘iz yashaydigan keksa pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uyida manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish maqsadida, Tomdi tuman hokimining qaroriga asosan 2022-yil davomida 1 nafar yakka-yolg‘iz yashovchi keksa ro‘yxatga olinib, 1 nafar yakka-yolg‘iz yashovchi keksa ro‘yxatdan chiqarildi. Ro‘yxatga olingan 11 nafar yakka-yolg‘iz yashovchi keksa pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslar ruyxati shakllantirilib tashkilotlarga biriktirilgan hamda yolg‘iz yashovchi keksalarga uylarida manzilli xizmat ko‘rsatiladi. Ularga 3 nafar ijtimoiy xodim xizmat ko‘rsatib, 11 nafar yolg‘iz keksa va yolg‘iz yashaydigan keksa pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 3 mln. 860 ming so‘mlik bepul dori-darmon, 1 nafari eshitish moslamasi, 1 nafari qo‘ltiq tayoq, 1 nafari hassa tayoq reabilitatsiya texnik vositalari bilan va biriktirilgan tashkilotlar tomonidan bayram sanalarida 2022-yil mobaynida jami 27 mln. 650 ming so‘mlik  moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

         Shunungdek 2 nafar yolg‘iz yashovchi keksalar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentlik tizimidagi  “Marjon suvi” sihatgohiga dam olib sog‘liklarini tiklashi uchun yo‘llanma ajratildi va 6 nafar yolg‘iz yashovchi keksalarning yashash uy-joyini ta’mirlash uchun tuman hokimligi hamda biriktirilgan tashkilotlar tomonidan 7 mln. 650 ming so‘mlik qurilish ishlari olib borildi. Shu bilan birgalikda Navoiy viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tashabbusi bilan tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining chora-tadbir rejasi ishlab chiqilib, Ramazon oyida hamda “Keksalar haftaligi” kuni munosabati bilan 11 nafar yakka-yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib bayram dasturxoni tashkillashtirilib har biriga 1 mln so‘mdan Xalq deputatlari tuman Kengashining sessiya qarori asosan bir martalik moddiy yordam puli berildi.

         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil                       7-sentabrdagi 575-sonli qarori, 2016-yil 12-mayda Adliya  vazirligidan 2785-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan "Yolg‘iz keksalar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati, "Saxovat" va "Muruvvat" internat uylariga rasmiylashtirish qoidalari"da belgilangan tartibga hamda O‘zbekiston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Maxsus komissiyasining 2022-yil 6-martdagi 6-sonli yig‘ilish bayoni qarorining 1-ilovasiga muvofiq, Tomdi tumani, "Ayaqquduq" OFYda istiqomat qiluvchi 2-gurh nogironligi bo‘lgan shaxs Baxatov Muxammed Orazbekovich Nurota erkaklar "Muruvvat" uyiga  rasmiylashtirilib navbatga qo‘yildi.

         O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 25-martda  2356-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” asosan pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar 2022-yil mobaynida jami 14 nafar fuqarolardan 9 nafari “Marvarid” sihatgohiga, 2 nafari “Marjon suvi” sihatgohiga, 2 nafari “Nuroniylar” sihatgohiga va 1 nafari “Tovoqsoy” sihatgohiga dam olib sog‘liklarini tiklab keldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5217-son qaroriga asosan, Navoiy viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan, Tomdi tumanida yashovchi 12-nafar ko‘zi ojiz 1-guruh nogironligi bo‘lgan muhtojlarga ajratilgan tonometrlarni shartnoma va dalolatnoma asosida bo‘lim tomonidan ovozli tonometrlar manzilli to‘liq etkazib berildi.

         Navoiy viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yil 21-may kuni Tomdi tuman 2-son maktab internati sport zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoniga asosan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Tomdi tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi ishchi xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi va 100-metrga yugurish bo‘yicha musoboqa tashkil etildi. Sport musobaqasiga bo‘lim ishchi xodimlari faol ishtirok etib, viloyat bosqichida o‘tkazilgan sport musoboqasida stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rin egallab, Navoiy viloyat Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirsh boshqarmasi tomonidan sovrindorlarni munosib rag‘batlantirishdi.

2023-yilda ham Davlat tomonidan hech bir ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar e’tibordan chetda qolmasdan barcha savobli va muruvvatli ishlar amalga oshiriladi.

 

Tomdi tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni

rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i                                                   A.Abdullaev