Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Hududlarni tozalash kim ma’sul

Hududlarni tozalash: obodonlashtirish ob’yektlarida – shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari;

ko‘p kvartirali uylar atrofida – xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar;

yakka tartibdagi turar joy uylari va tashkilotlarning yerlarida – jismoniy va yuridik shaxslar;

avtomobil yo‘llari va sun’iy yo‘l inshootlarida ajratilgan yerda – ushbu ob’yektlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar;

temir yo‘llarda ajratilgan yerda – temir yo‘l tashkilotlari;

bozorlar hududi va ularga tutash hududlarda – bozorlar ma’muriyati;

jamoat transporti bekatlarida joylashgan vaqtinchalik savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida – ob’yekt egalari;

savdo do‘konlari yoki boshqa savdo nuqtalariga, ko‘chma shoxobchalarga tutash hududlarda 5 m radiusda – shu sohadagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan amalga oshiriladi.

Tomdi tuman adliya bo‘lim boshlig‘i
Q.Beknazarov