Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI QIRQ YETTINCHI SESSIYASI

Bugun, 27- yanvar kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi qirq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani–Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi kotibiyat mudiri R.Sibayev boshqarib bordi.

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi qirq yettinchi sessiyasi KUN TARTIBIdagi

Birinchi masalada Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 217-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi

  Ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Tomdi tumanida 2022–2023 yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida. tuman hokimi Q.Aldabergenov hisobot berdi.

Uchinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yil 4 yanvardagi “Sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash faoliyati yuzasidan” 01-10/1-sonli axborotnomasi to‘g‘risida.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri. T.Medetov –axborot berdi.

 To‘rtinchi masala  Tuman prokuraturasining 2022 yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risida.tuman prokurori D.Fayziyevning hisoboti tinglandi.

Beshinchi masala Tomdi tumani adliya bo‘limining tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi bo‘yicha axboroti to‘g‘risida Tomdi tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i K.Beknazarov axborot berdi.