Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILMOQDA

Sog‘liqni saqlash vazirligining tashabbusi bilan joriy yilning 1-fevralidan 1-martga qadar yurtimizda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” deb e’lon qilindi.

Ushbu tashabbus barcha joylarda bo‘lgani kabi Tomdi tumanida ham samarali olib borilmoqda.
Shu bois bugun, Aqtov OFY da qishloq xo‘jaligi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mazkur tibbiy ko‘rikda tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan har bir fuqaroni ko‘rikdan o‘tkazib aniqlangan kasalliklar bo‘yicha ambulator va stasionarga yullanma berildi.