Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI QIRQ SAKKIZINCHI SESSIYASI

Bugun, 24- fevral kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi qirq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani– Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi kotibiyat mudiri R.Sibayev boshqarib bordi.

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi qirq  sakkizinchi sessiyasi KUN TARTIBIdagi

Birinchi masalada Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 217-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti.

  Ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yil 30 yanvardagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligii ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan” 01-10/5-sonli axborotnomasi to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri. T.Medetov –axborot berdi.

Uchinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Tomdi tuman bo‘limi boshlig‘I A.Norboyevning hisoboti tinglandi.     

To‘rtinchi masala. Boshqa masalalar Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.