Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

OLIS OVULLARDA HAM GAZ TAʼMINOTI YAXSHILANMOQDA

       Tuman markazi «Yangi Tomdi qo‘rg‘oni» da 177 ta isteʼmolchi mavjud bo‘lib, ularga gazgolder qurilmasi orqali 8 ta ovul fuqarolar yig‘inidagi 2 300 ta isteʼmolchiga ega maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Tomdi tumani viloyatning eng olis tumanlaridan biri hisoblanishiga qaramay, bu yerda ham qishning sovuq kunlariga qaramay aholi xonadonlarida gazdan uzilish bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgani yo‘q.

      Maishiy gaz ballonlarni yetkazish uchun bir dona “ISUZU” avtomashinasi ajratilgan bo‘lib, reja-grafik asosida aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz kechiktirilmasdan yetkzalishi taʼminlanib kelinmoqda. Tuman markazidan 190-220 kilometr uzoqlikda joylashgan “Ayaq-quduq” ovulida 351 ta, “Sheli” ovulida esa 273 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchilari istiqomat qiladi. Mazkur chekka ovullarda ham qishning qahraton kunlarda ham maishiy gaz ballonlari kechiktirilmay yetkazib berildi.

      - Fevral oyida tuman aholisiga rejadagi 27 tonna 660 kilogramm suyultirilgan gaz to‘liq yetkazib berilishi taʼminlandi, -deydi Tomdi tumani suyultirilgan gaz xizmati boshlig‘i Rustam Ro‘ziyev. – Tumanda 1 ta gaz taqsimlash shahobchasi mavjud. Bundan tashqari, 81 dona 50 litrlik maishiy gaz ballonlar zaxira sifatida omborda saqlanmoqda. Taʼmirtalab gaz ballonlar soz holatga keltirish choralari ham ko‘rilgan.

Taʼkidlash joizki, Tomdida aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz yetkazish bilan birga gaz ballonlardan xavfsiz foydalanish qoidalari ham atroflicha tushuntirilmoqda. Ehtiyotkorlikka oid eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.

    

“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali

 matbuot xizmati