Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanishi haqida norma belgilanmoqda

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 25-moddasida O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanishi haqidagi norma belgilanmoqda. Ushbu norma atrofida ko‘plab bahs va munozaralar kechmoqda.

Ayrim yurtdoshlarimiz O‘zbekistonda 2008 yilda o‘lim jazosi bekor qilingan bo‘lsa, nega Konstitusiyaga o‘lim jazosi man etilishiga oid norma kiritilmoqda. Buning nimasi yangilik, degan fikrlarni bildirishmoqda. Yana ayrimlari esa o‘lim jazosi bekor qilinsa jinoyatchilik oshib ketmaydimi degan mazmunda fikr bildirishmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizda o‘lim jazosining man etilishiga oid normaning kiritilishi mamlakatimizda inson huquqlariga hurmat, xususan insonning eng oliy huquqi – yashash huquqini har doim kafolatlash bo‘yicha davlatning qat’iy pozisiyasini anglatadi.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘lim jazosi eng og‘ir jazo bo‘lishiga qaramasdan jinoyatlarning sodir etilishini to‘xtatuvchi samarali vosita emas. Ko‘plab davlatlarda o‘lim jazosi amalda bo‘lsada, ammo jinoyatchilikning kamayishiga sezilarli darajada ta’sir qila olmagan. BMTning 2006 yilgi hisoboti shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘lim jazosi amalda bo‘lgan mamlakatlarda ushbu jazoga loyiq jinoyatlar ko‘proq sodir etilgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2008 yilda, ya’ni o‘lim jazosi rasman bekor qilingan yili respublikamiz miqyosida jami qasddan odam o‘ldirish va o‘ldirishga suiqasd qilish holatlari soni 831 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda esa bu raqamlar 365 tani tashkil etmoqda.

O‘lim jazosini inkor qiluvchilar sudlardagi xatoliklar sababli aybsiz shaxslarning qatl etilganligiga oid ko‘plab misollarni keltiradi. Sudlardagi xatoliklar sabab aybsiz shaxsning javobgarlikka tortilish holatlari hamma davlatlarda uchrab turadi. Bizning mamlakatimizda ham 2016–2022 yillarda 4 740 nafar shaxslar olqlanganligi fikrimizning dalilidir.

 

Tomdi tuman adliya bo‘limi

 yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                                           N.Jurayev