Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI QIRQ TO‘QQIZINCHI SESSIYASI

Bugun, 28- mart kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi qirq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani– Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Q.Aldabergenov boshqarib bordi.

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

 

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi qirq to‘qqizinchi sessiyasi KUN TARTIBIdagi

Birinchi masalada Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 217-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.

Hisobot beruvchilar: K.Aldabergenov, O.Qurbonov, R.Ro‘ziyev, Sh.Berdiyev-tuman sektor rahbarlari (Tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i hisoboti tinglandi    

Ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Tomdi tumanidla 2022–2023 yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida.

Hisobot beruvchi: Q.Aldabergenov-tuman hokimi

Uchinchi masala  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yil 28 fevraldagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligii ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan” axborotnomasi to‘g‘risida.

Axborot beruvchi: T.Medetov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

To‘rtinchi masala. Tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Hisobot beruvchi: R.Ro‘ziyev- Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Beshinchi masala. Tumanda yoshlar muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratish, sohada ishlar samaradorligi va natijadorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

Hisobot beruvchi: N.Beknazarov- Tuman hokimining yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Oltinchi masala. Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

Hisobot beruvchi: A.Dospanbetova- Tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i

Yettinchi masala. Tumanda davlat byudjeti va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi to‘g‘risida.

Hisobot beruvchi: K.Igilikov- tuman moliya bo‘limi mudiri

Sakkizinchi masala. Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida.

Hisobot beruvchi: Sh.Berdiyev- Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

To‘qqizinchi masala. Ijtimoiy himoyaga muxtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

O‘ninchi masala. Tomdi tumani hokimining 2023 yil 11 martdagi “Tuman mahalliy byudjetining zaxira jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi 43-5-75-F/23-sonli farmoiyshini tasdiqlash to‘g‘risida.

O‘n birinchi masala. Boshqa masalalar.