Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

"Obod va xavfsiz mahalla" mavzusida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Tuman madaniyat bo‘limida mahallalarda beshlik faoliyatining samaradorligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishnimng eng samarali yo‘llari hamda "Obod va xavfsiz mahalla" muhitini yaratish mexanizmlari mavzusida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Unda mavzu yuzasidan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari U. Adizov, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari L. Abdullayev va tuman hokimi Q.Aldabergenov so‘zga chiqishdi va seminar ishtirokchisi bo‘lgan mahallalar beshliklari tegishli ma’lumot va tavsiyalarni berishdi.