Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘rtinchi sessiyasi

Bugun, 29- may kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Q.Aldabergenov boshqarib bordi.

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

 Xalq deputatlari Tomdi tuman kengashining navbatdagi ellik to‘rtinchi sessiyasi Kun tartibidagi

Birinchi masalada. Tuman aholisini suyultirilgan gaz balonlari bilan ta’minlash borasida gaz ta’minoti Tomdi tuman filiali tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida. Tuman gaz uchastkasi boshlig‘i R.Ro‘ziyevning hisoboti tinglandi.

 Ikkinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-sonli Farmoning tumanda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif va tashabbuslar, muammo va masalalar yechimi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini qabul qilish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining hisoboti to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Djumamurodovning xisoboti tinglandi

  1. Boshqa masalalar