Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TOMDI TUMAN HOKIMI Q.ALDABERGENOVNING 1 IYUN- XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, olam bezagi, oila ko‘rki bo‘lgan aziz bolajonlar!
Ularning qadirli Ota-onalari

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi. Darhaqiqat, Siz aziz bolajonlarni barchamiz, jahonning barcha burchagidagi ota-onalar qadrlaymiz. Eng yaxshi narsalar albatta, Sizlar uchun! Sizlarning baxt-saodatingiz uchun!

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev rahnamoligida inson qadri, bolalar huquqlari himoyasi borasida juda keng miqyosdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bola qalbi beg‘ubor. Umr ostonasidagi bu damlarda shakllangan fazilat, xislat va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat komilligining kafolati hisoblanib, mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasiga davlat miqyosida qaratilgan e’tiborning mohiyati ham shunda mujassam.

Darhaqiqat bola huquqi inson huquqlarining ajralmas qismi hisoblanib, u ham keng miqyosdagi ma’rifiy tadbirlar, turli darajadagi bellashuvlar, tanlov, festival boshqa anjumanlar orqali o‘z samarasini oshirmoqda. Zero, bularning barchasi mamlakatimizda muhtaram Yurtboshimizning bolalarga otalarcha g‘amxo‘rligi samarasidir.

Aziz bolajonlar!
Sizlarni yana bir bor Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutlab, mustahkam sog‘liq tilayman!