Bugun, Tomdi tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasining tuman bo‘limi Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Vasiylik Kengash a’zolari,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i O.Madenov, fukarolar yig‘inlari raislari va boshqada mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishni tuman hokimi, Vasiylik Kengash raisi Q.Aldabergenov so‘z olib, so‘nggi yillarda Mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligini jumladan, joriy yilning uzida 300 nafar nuroniy bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tsa, ularga dori-darmon, bilan birga 14 nafar nuroniy sanatoriylarda sog‘lomlashtirilganligi, 5 nafari reabilitasiya texnik vositalari bilan ta’minlanganligi 200 osha nuroniylarga boshqa turdagi moddiy yordamlar ko‘rsatilganligi takidlab o‘tdi.
Shungigdek tadbir davomida tumani "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi L.Bayanasov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risda"gi PQ-92-sonli qarorining mazmun moxiyatini tushintirib, xozirgi kunda amalga oshirilgan ishlar tug‘risida xisobot berdi.
«Nuroniy» jamg‘armasining tuman bo‘linmalari tuzilmasi uning Vasiylik Kengashi
«Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahallalardagi hayotiy tajribaga ega bo‘lgan zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktirilib,
ovul fukarolar yig‘inlaridagi yoshlar yetakchilari «Keksalar maslahati» guruhlari bilan birgalikda shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida o‘n nafar uyushmagan va muammoli yoshlar nuroniylarga biriktirib chiqib xozirda boy hayotiy tajribaga ega ziyoli nuroniylar tumandagi barcha ta’lim muassasalariga biriktirilgan.
«Nuroniy har bir oilaga mas’ul» loyihasi asosida oilalardagi ahillik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida muammoli oilalarning har biriga «Keksalar maslahati» guruhlarining bir nafardan a’zolari «Nuroniy» jamg‘armasi Nuroniylar jamoatchilik kengashlari qaroriga binoan «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyili hamda «Nuroniy har bir oilaga mas’ul» loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni «Nuroniy» jamg‘armasi mablag‘lari va mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida rag‘batlantirib borilishi tizimini joriy etganligi tug‘risida atroficha tushinchalar berildi.
Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi: L.Bayanasov