Bugun, tuman hokimligida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida hamda kasaba uyushmalarining ish beruvchilari bilan hamkorlikdagi" o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarga tumandagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari kasaba uyushma raislari ishtirok etdi.
Ushbu o‘quv-seminarda tuman hokimi Q.Aldabergenov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi N.Tog‘ayeva O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida ish beruchhvchilar va kasaba uyushmalarining hamkorligi to‘g‘risida batafsil tushincha berib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Navoiy viloyat Kengashi mehnat-huquq inspektori A.Rahmatov O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga qonunchilikda kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga tushintirish ishlari bergan bo‘lsa Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat mas’ul tashkilotchisi A.Bobomurodova Kasaba uyushmalarida Ustav talablari asosida ish yuritish va faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida atroflicha tushintirdi.
Ushbu seminar ishtirokchilariga yangi qabul qilingan Mehnat kodeksi bo‘yicha ish beruvchilar bilan xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari, ularga beriladigan mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.