Tomdi tuman hokimi Q.Aldabergenov boshchiligida "Tomdibuloq" ovul fuqarolar yig‘inida yoshlarning taklif va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Ushbu sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov tuman sektor rahbarlari va hududdagi yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, qabulda Yoshlar tomonidan murojaat va takliflar o‘rtaga tashlanib, muammolar alohida nazoratga olindi va yig‘ilish so‘ngida fuqarolarning murojaatlari tahlil qilinib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.