Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

“Yoshlar oyligi” doirasida Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uch avlod uchrashuvlari singari tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida go‘zal an’anaga aylandi.
Shu bois bugun, Tomdi tumani Madaniyat bo‘limida “Yoshlar oyligi” doirasida Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari N.Beknazarov so‘zga chiqib barchani bugungi yoshlar festivali bilan qutlab erkin va obod jamiyatimiz, farovon turmushimiz bularning barchasi Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotganligini takitlab o‘tdi. Shundan so‘ng tuman jamoatchilik Kengashi raisi L.Bayanasov so‘zga chiqib Prezidentimizning 92-sonli qarorining mazmun-mohiyati tug‘risida tushuncha berib o‘tdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan otaxon va onaxonlar K.Quttimuratov, A.Kurakbayev va N.Kareneyevalar ishlab o‘tgan davr muhiti, qiyinchiliklari, sharoitlari haqida gapirib, Yangi O‘zbekistonimizda ishlash, o‘qish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas qilishlari, ushbu imkoniyatlar qadriga yetish va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida gapirdilar.

Tadbir davomida keksa avlod vakillari shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda mehr-oqibatli bo‘lish, insonlarning doimo bir-biriga hamkor, g‘amxo‘r, bir-birining og‘irini yengil qilishda kamarbasta bo‘lishi, O‘zbekistondek muqaddas yurtimizni yoshlarimiz ko‘z qorachig‘idek asrashi lozimligini alohida ta’kidlashdi.