Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TUMAN HOKIMI MAKTAB BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Bugun, 20 iyun kuni tuman hokimligi majlislar zalida tumandagi 11 sinf bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvida Tomdi tuman hokimi Q.Aldabergenov bitiruvchi yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umrning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi.

Shundan sung o‘rta ta’limni a’lo baholarga bitigan 9 nafar yoshlarga oltin medallar hamda sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, maktab bitiruvchilarning ota-onalari 11 yil davomida ta’lim tarbiya bergan o‘qituvchi va murabbiylarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir so‘ngida tuman hokimi bitiruvchi yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishlarida omadlar va kelgusida Vatanimiz uchun xizmat qiladigan mutaxassis bo‘lib yetishishiga muvaffaqiyat tiladilar.‌‌