Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Jazo o‘tayotgan to‘qqiz nafar mahkumni o‘talmay qolgan jazodan shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish haqidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tumani sudining navbatdagi sud majlisida 36-son manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan to‘qqiz nafar mahkumni o‘talmay qolgan jazodan shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish haqidagi iltimosnomalari ko‘rib chiqildi.


Insonparvarlik tamoyili xalqimizga xos fazilat. Bu xususiyat qadriyat sifatida qadrlanishi barobarida qonunlarimizda ham aksini topgan. Jumladan, jinoyatga qo‘l urgan, biroq sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tash chog‘ida qilmishidan chin pushaymon bo‘lib, endilikda hamisha to‘g‘ri yo‘ldan yurmoqqa, halol mehnat qilmoqqa qat’iy bel bog‘lagan shaxslar qonuniy yengillikdan bahramand bo‘lishi mumkin. Sudya Dilobar Ergasheva raisligida o‘tkazilgan mazkur ochiq majlisda ko‘rib chiqilgan holatlar bu fikrning isboti.


Insonparvarlik tamoyili nafaqat yurtdoshlarimiz, balki boshqa davlat fuqarolariga ham qo‘llanmoqda, jumladan, Jinoyat kodeksi 169-moddasi bilan sudlangan Eron Islom Respublikasi fuqarosi xam JKning 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan jazo muddati yengilroq jarima jazosiga almashtirilgan xolda ozodlikka chiqarildi.


"– Ozodlikdan mahrum qilinganimda qilgan jinoyatim mohiyatini tushunib, pushaymon bo‘ldim, – deydi I.D. – Halol mehnat qilib yashashning, emin-erkin hayotning qadri juda bilindi. Bundan buyon hech qachon jinoyat ko‘chasiga yurmaslikka ahd qildim. Menga berilgan jazoning o‘talmay qolgan 1 yil 8 oylik qismini jarima jazosiga almashtirilganiuchun suddan minnatdorman, jarimani qarindoshlarim to‘lashdi, men endi Ona Vatanimga qaytishim mumkinligidan xursandman."

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi D.Ergasheva