Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

KORRUPSIYASIZ FAOLIYAT RIVOJLANISH GAROVI

Tuman prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi hamda Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’sul hodimlari ishtirokida Tomdi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibiga "Korrupsiyasiz faoliyat rivojlanish garovi” mavzusida yig‘ilish o‘tkazdi.

Ushbu targ‘ibot ishlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muxitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari tug‘risida” Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida” qarorining mazmun mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari talablariga, Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlari talablariga, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruq va ko‘rsatmalariga, “Odob-axloq me’yorlari”ga qat’iy rioya qilinishini, korrupsiya va boshqa turdagi jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklar va harbiy intizom talablarining qo‘pol ravishda buzilishi kabi salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish va boshqa shu kabi masala yuzasidan shaxsiy tarkibga yetkazildi.