Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi ellik beshinchi sessiyasi

 Bugun, 27-iyun kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi ellik beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Q.Aldabergenov boshqarib bordi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator Z.Tulekova, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

 

Xalq deputatlari Tomdi tuman kengashining navbatdagi ellik beshinchi sessiyasi Kun tartibidagi

 

Birinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Tomdi tumanida 2022–2023 yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida. Tuman hokimi Q.Aldabergenov xisobot berdi

Ikkinchi masala. Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 217-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.sektor rahbarlarining xisoboti tinglandi

Uchinchi masala. Navoiy viloyat hokimligining 2023 yil 8 maydagi 11-02/137-sonli apparat yig‘ilishi bayonining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida aholi bandligini ta’minlash hamda tumanni ishsizlikdan holi hududga aylantirish yuzasidan tuman sektorlarining hisobotlari to‘g‘risida. sektor rahbarlarining xisoboti tinglandi

To‘rtinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tuman Xalq qabulxonasi mudiri T.Medetovning 2023 yil 27 maydagi 01-10/32-sonli mahallalardagi tuman hokimi yordamchilari faoliyati natijadorligi yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri axborot berdi

Beshinchi masala. Tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining 2023 yilning o‘tgan davrida joylarda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.

Oltinchi masala. Tomdi tuman aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida. tuman hokiminig birinchi o‘rinbosari O.Umarov xisobot berdi.

Yettinchi masala. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida.
Tomdi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.Norqulovning xisoboti tinglandi.

Boshqa masalalar