Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TOMDI TUMAN HOKIMI Q.ALDABERGENOVNING MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI KUNI MUNOSABATI BILAN YO‘LLAGAN BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, qadrli jurnalist va blogerlar!
Fursatdan foydalanib, sizlarga, sizlar orqali o‘zining bilimi, tafakkuri, fidokorona, halol va zahmatli mehnati bilan jamiyatimizning ma’naviy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha ijodkorlarga yuksak hurmat va ehtiromimni, samimiy tilaklarimni izhor etaman.


O‘zbekistonda “27 iyun- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” keng miqyosda nishonlab kelinadi. Bu kun nafaqat jurnalistlar va soha xodimlari, balki ularning ijod mahsulidan bahramand bo‘ladigan ko‘p ming sonli o‘quvchilar, tomoshabinlar va ziyolilar uchun ham ahamiyatli.

 

Axborot-kommunikasiya texnologiyalarining jamiyat boshqaruvi hamda insonlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati oshib borayotgan bir paytda, aholining axborot-kommunikasiya texnologiyalariga oid bilimlarini oshirish, interaktiv xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, soha yangiliklarini tezkor tarqatishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni muhim.

 

Axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta’minlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining faolligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ayniqsa, taraqqiyot va ijtimoiy hayot voqeliklarini xalq ommasiga yetkazishda televideniye, radio, internet hamda bosma nashrlarning o‘rni beqiyos.

 

Fursatdan foydalanib, barcha matbuot kotiblar, bloger va jurnalistlarni bugungi kasb bayrami bilan qutlab, barchangizga xotirjamlik, omonlik, farovonlik va oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.