Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Qozog‘ston respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada Tomdilik yoshlar qatnashdi

Joriy yilning 28 iyun kuni Qozog‘ston respublikasida bo‘lib o‘tgan qozoq tili va adabiyoti fanidan xalqaro olimpiadada 6 ta Davlatlar o‘rtasidagi musobaqaning uchinchi bosqichi yakunlandi.
Har bir ishtirokchi milliy cholg‘u chalish, she’r aytish, milliy raqsga tushish, qo‘shiq kuylash kabi ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdi.
Ijodiy bosqichni baholash uyga berilgan topshiriqning mavzuga mosligi, o‘quvchining tafakkurining o‘ziga xosligi, Vatanparvarlik qiyofasi, ishtirokchining qobiliyati va moyilligi, nutq odob-axloqi va til qoidalarini egallaganligi, ijro mahorati, teatrlashtirilgan tomosha, monolog, she’r o‘qishdan baxslashdi.
Ushbu musobaqada tumanimizdan 8 o‘quvchi qatnashib, Ayshatov Albert 1-o‘rin
Yerembergenova Shinar 2-o‘rin
Serg‘aliyeva Arujan 2-o‘rin
Jaqsiliqova Arujan 3-o‘rin
Rzaxmetova Rauza 3-o‘rinni egalladi g‘olib va sovrindorlar Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim vazirligining I, II, III darajali diplomlari hamda oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlandilar.