Tomdi tumani madaniyat bo‘limida “Ayol – mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalarda sog‘lom va ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirishdan iborat.
O‘tkazilgan tadbirda tuman hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetova, tuman jamoatchilik Kengashi raisi L.Bayanasov, tumandagi yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz, xalq ta’limi tizimida faoliyat olib boruvchi pedagoglar, mahalla faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, bayram dasturi davomida Qozog‘ston respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi.