Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

"Tomdibuloq" OFY da 2 km asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda

Tumanda yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha xar yili reja asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, o‘tgan yil davomida mahallalar kesimida jami 4,5 km yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari bajarilgan.

Xususan, "Tomdibuloq" ovul fuqarolar yig‘inida infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida jami 2 km asfalt yotqizish rejalashtirilgan xozirda "Ayteke-bi" ko‘chasida 510 m ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.