Bugun, Tomdi tuman hokimi Q.Aldabergenov “Sharq” OFYga qarashli Roxat ovulida aholi muammolari va takliflarini o‘rganish maqsadida sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov, tuman prokurori O.Qurbonov va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, sayyor qabulda fuqarolar tomonidan hududda internet aloqasining past bo‘lishi, moddiy yordam, kommunal masalalari va boshqa masalalar o‘rtaga tashlanib, muammolar alohida nazoratga olindi va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.