Bugun, 25-iyul kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Q.Aldabergenov boshqarib bordi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator Z.Tulekova, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Tomdi tuman kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi Kun tartibidagi
Birinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 yil 25
noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Tomdi tumanida 2022–2023 yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida.
Tuman hokimi Q.Aldabergenov xisobot berdi
Ikkinchi masala. Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022-2026
yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 217-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida
tuman sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.
sektor rahbarlarining xisoboti tinglandi
Uchinchi masala. 2023 yilning 6 oyi davomida tuman prokuraturasi tomonidan qonuniylik
va huquq tartibotini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan.
Tuman prokurori O.Qurbonovning xisoboti tinglandi
To‘rtinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tuman Xalq qabulxonasi
mudiri T.Medetovning 2023 yil 03 iyuldagi 01-10/41-sonli mahallalardagi
tuman hokimi yordamchilari faoliyati natijadorligi yuzasidan axborotnomasi
to‘g‘risida tuman Xalq qabulxonasi mudiri axborot berdi
Beshinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tuman Xalq qabulxonasi
mudiri T.Medetovning 2023 yil 03 iyuldagi 01-10/42-sonli sektorlar va
hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi muammolari va murajaatlari bilan
ishlash faoliyati to‘g‘risida.
Oltinchi masala. Tomdi tuman aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023 yilda energiya
resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Umarov xisobot berdi
Yettinchi masala. Tumanda davlat byudjeti va mahalliy byudjet daromadlari prognoz
ko‘rsatkichlarining yarim yillik ijrosi to‘g‘risida
Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining xisoboti tinglandi.
Sakkizinchi masala. Tumanda mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha
zaxiralarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi,
ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida
Boshqa masalalar