Bugun, 26 iyul kuni Tomdi tuman madaniyat bo‘limida "Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Madaniyat bo‘limida tanlov mavzusi ifoda etilgan banner joylashtirildi, shuningdek, viloyat, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tanlov ishtirokchilari faoliyatlari hamda o‘tkazilgan ma’naviy, ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari fotosuratlari jamlangan albomlar, chop etilgan kitoblar, “Keksalik gashti” jurnali va “Nuroniy” gazetasidan iborat ko‘rgazmasi va hunarmandlari tomonidan yaratilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi joy oldi.
Ko‘rik tanovni tuman hokimi Q.Aldabergenov so‘zga chiqib ochib berdi.
Tanlovda Nuroniy jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi o‘rinbosari S.Istamov, Oliy majlis Senati a’zosi senator Z.Tulekova, tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetovalar ishtirok etdi.
Tanovda sektorlarda g‘olib bo‘lgan 5 nafar nuroniy otaxon va onaxonlar 3 shart bo‘yicha bellashishdi.
Ko‘rik tanlovda “Nuroniy” jamg‘armasi Tomdi tuman bo‘limi raisi L.Bayanasov, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari- O.Alibekov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi raisi M.Samatov, Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo‘limi rahbari A.Djumamurodov va tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i J.Utemuratovalardan iborat hakamlar 3 ta shart asosida xolisona baholanib borildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra
- Keregetau OFY faol nuroniy keksalar maslahat guruxi raisi Maxat og‘a Tishkanbayev 3-o‘rinni,
- Tomdibulok OFY faol nuroniy keksalar maslahat guruxi a’zosi Nabi og‘a Qarayev 2-o‘rinni,
- Tomdibulok OFY faol nuroniy keksalar maslahat guruxi a’zosi Maxbira opa 1-o‘rinni egallashdi.
Gʻolib va sovrindorlarga tuman hokimi Q.Aldabergenov Nuroniy jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi o‘rinbosari S.Istamov tomonidan diplom, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari topshirildi.
Maxbira opa Matchanova tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Tanlovda tashkil etilgan yosh ijodkorlarning san’at namunalari ko‘rgazmasini ishtirokchilar zo‘r qiziqish bilan tomosha qildilar. Tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan yangidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi. Madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Tomdi tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi L.Bayanasov