Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi ellik sakkizinchi sessiyasi

Bugun, 25-avgust kuni Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi ellik sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani Kengash raisi – Tomdi tumani hokimi Q.Aldabergenov boshqarib bordi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator Z.Tulekova, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, tuman gazetasi hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Tomdi tuman kengashining navbatdagi ellik sakkizinchi sessiyasi Kun tartibidagi

 

Birinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Tomdi tumanida 2022–2023 yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida.

Tuman hokimi Q.Aldabergenov xisobot berdi

 

Ikkinchi masala Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 217-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida.

sektor rahbarlarining xisoboti tinglandi

 

Uchinchi masala. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudi tomonidan 2023 yil 1 yarmi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudi raisi A.Shukurovning axboroti tinglandi

 

To‘rtinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tomdi tuman Xalq qabulxonasi mudiri T.Medetovning 2023 yil 01 avgustdagi 01-10/51-sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan” axborotnomasi to‘g‘risida tuman Xalq qabulxonasi mudiri axborot berdi

 

Beshinchi masala. Tomdi tuman aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Umarovning Hisoboti tinglandi

 

Oltinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Tuman hokimining o‘rinbosari N.Beknazarov xisobot berdi

 

Yettinchi masala. Ishsizlikni kamaytirish va bandlik ta’minlash, aholining (kam ta’minlanganlar, yolg‘iz qariyalar, uy-joyi yo‘qlar) ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida.

Tomdi tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i O.Madenovning xisoboti tinglandi.

 

Sakkizinchi masala.  Tomdi tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i T.Ro‘ziyevning Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Tuman telekommunikatsiya bog‘lanmasi boshlig‘i T.Ro‘ziyev hisobot berdi

Boshqa masalalar