Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

“Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilining 23-30-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan bugun tumanimizda ham “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Ma’naviyat festivali ishtirokchilari Falsafa fanlari doktori Munira Qahhorova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Sirojiddin Raupov, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi xonandasi Faxriddin Xolnazarovlar tashrif buyurdi.

Tadbir davomida festivali ishtirokchilarini “Sharq” OFYga qarashli Roxat ovulida tantanali ravishda kutib oldi. Tadbirda Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasida jamiyatda millatlararo totuvlik hamda bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar siyosatni keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy birdamlilik” loyihasi hamda ma’naviy merosimizning nodir namunalarini hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, farzandlarimizni mard va jasur ajdodlarimizga xos bo‘lgan milliy g‘urur, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni aholi orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy qadriyatlar” loyihasi tashkil etildi.