Tomdi tumani, Yangi tomdi qo'rg'oni

TUMANDAGI TA’LIM MUASSASALARDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

Bugun, 4 sentyabr kuni barcha joylarda bo‘lgani kabi Tomdi tumanidagi 17 ta umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq jaranglab, yangi o‘quv yili boshlandi.

Tomdi tuman hokimi Q.Aldabergenov tumandagi 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman hokimi so‘zga chiqib, "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun! shiori ostida barchani mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yiligi hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri T.Medetov, Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i M.Bazarbayev, maktab o‘qituvchilari va ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbir sungida tuman hokimi maktabga ilk bor qadam qo‘ygan 23 nafar 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi.